O'zbekiston

Toshkentda yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi

Holat xalqaro aeroport yonida yuz bergan.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi

 

Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida ehtiyotsizlik oqibatida yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” holat yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Holat 12 avgust kuni Toshkent shahar hokimiyati “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligida «Ko‘prikqurilish» tresti UK tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi va Sodiq Tolipov ko‘chasiga chiqish va tushishga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni zamonaviy qurilish standartlari asosida qayta qurish obyektida sodir bo‘lgan. Temir-beton oraliq qurilmalarini (balka) kran yordamida montaj qilish jarayonida ehtiyotsizlik oqibatida bir-biriga urilib, 5 dona balka montaj joyidan tushib ketgan.

 

Balkalar asosiy yo‘l emas, balki vagon deposiga tegishli shoxobcha yo‘lga tushgan bo‘lib, poyezdlar qatnoviga umuman aloqasi yo‘q. Voqea natijasida hech kim jabrlanmagan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda, tekshirishlar natijasida qo‘shimcha ravishda batafsil maʼlumot berilishi aytildi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Jizzax tibbiyotida 180 kunlik tajriba: yangi tibbiy tizimdan nimalar kutilyapti?

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini 180 kun ichida yuqori texnologiyali hududiy referens markazga aylantirishga qaratilgan «Jizzax-180» dasturi ishga tushirildi.

custom img

"O‘zbekgidroenergo" tizimidagi 8 ta obyektga yangi JAC avtomobillari topshirildi

Yangi transport vositalari tog‘li va murakkab hududlarda xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkor tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"