Sport

Yassin Bono “Al-Hilol”ga o‘tadi

Darvozabonga 20 million yevro to‘lanadi.

Yassin Bono “Al-Hilol”ga o‘tadi

 

Marokash va "Sevilya" terma jamoasi darvozaboni Yassin Bono “Al-Hilol” futbolchisiga aylanadi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Shira maʼlum qildi.

 

Shiraning xabariga ko‘ra, Bono transferi bo‘yicha kelishuv va muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan. Futbolchi 20 million yevro evaziga yangi klubiga o‘tadi. Darvozabon va jamoa o‘rtasidagi shartnoma 2028-yilgacha imzolanadi. Bono esa “Al-Hilol”da yiliga 10 million yevro oladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"