Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

Prezidentlar O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

 

«Zug‘ulba» qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Davlat rahbari Ozarbayjon Prezidentiga tashrif bilan kelish taklifi hamda O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Yetakchilar O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

 

Parlamentlar, hukumatlar, hududlar, tashqi siyosiy va boshqa idoralar, tahliliy doiralar o‘rtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror surʼatda oshib bormoqda. Qo‘shma korxonalar soni 4 barobar ko‘paydi.

 

Ozarbayjonda O‘zbekiston avtomobillarini yig‘ish, ipakchilik va to‘qimachilik klasterlari tashkil etilgani samarali hamkorlikka misol bo‘la oladi.

 

Tashrif arafasida o‘tkazilgan biznes forumi natijasida yangi kooperatsiya loyihalari va savdo shartnomalarining salmoqli to‘plami shakllantirildi.

 

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari energetika, mashinasozlik, metallurgiya, shaharsozlik, qishloq xo‘jaligi, foydali qazilmalar, to‘qimachilik, ipakchilik, farmatsevtika, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

 

Qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida O‘zbekiston-Ozarbayjon investitsiya kompaniyasining samarali faoliyatini taʼminlash muhimligi qayd etildi.

 

Transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. O‘rta koridor orqali yuk tashishni ko‘paytirish, logistika va portlar infratuzilmasini birgalikda rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Prezidentlar hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, yangi kooperatsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish va ilgari surish uchun ikki mamlakat hududlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil etish muhimligini qayd etdilar.

 

Tomonlar madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish, taʼlim va fan sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

 

Xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish borasida saʼy-harakatlarni birlashtirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Shuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida faol muloqotni va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"