Jahon

BRIKS sammitida qo‘riqchilar Si Szinpinning yordamchisini zalga kiritmadi — video

Voqea Xitoy raisidan ortda qolgan yordamchi unga yetib olish uchun yugurganida yuz berdi.

BRIKS sammitida qo‘riqchilar Si Szinpinning yordamchisini zalga kiritmadi — video

 

Xitoy rahbari Si Szinpin BRICS sammiti majlislar zaliga kirib kelayotganda uning ortidan kechikib yugurib kelayotgan yordamchisini qo‘riqchilar begona shaxs deb o‘ylab, to‘xtatib qolishdi. Ammo shunga qaramay u oldinga intilishda davom etganidan so‘ng qo‘riqchilar eshikni yopib, Xitoy rahbari yordamchisini qo‘lga olishdi. 

 

Kutilmagan voqea blok rahbarlarining tadbirga kelishi paytida olingan videotasvirga tushib qolgan. Kadrlarda Si Szinpin ortga bir o‘girilib, keyin yana xotirjamlik bilan oldinga ketayotganini ko‘rish mumkin.

 

Maʼlumot o‘rnida: 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda BRICS sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika davlatlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda videokonferensiya orqali ishtirok etishini maʼlum qilgan.

 

Bugungi kunda BRICS beshta davlatni birlashtiradi, lekin 23 ta davlat, jumladan Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr kabi davlatlar iqtisodiy blokka qo‘shilish istagini bildirgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"