Sport

"Manchester Yunayted"ni Qatarning sobiq valiahd shahzodasi sotib olmoqchi

Shayx Jasim "Manchester Yunayted" uchun kurashda g‘alaba qozondi va oktabr oyi o‘rtalariga qadar klubni 6 milliard funt sterlingga sotib olish jarayonini yakunlamoqchi.

"Manchester Yunayted"ni Qatarning sobiq valiahd shahzodasi sotib olmoqchi

 

Angliyaning «Manchester Yunayted» futbol klubining yangi xo‘jayini Qatarning sobiq valiahd shahzodasi Shayx Jasim bin Hamad Ol Soniy bo‘ldi.

 

Shayx Jasim «Manchester Yunayted» uchun kurashda g‘alaba qozondi va oktyabr oyi o‘rtalariga qadar klubni 6 milliard funt sterlingga sotib olish jarayonini yakunlamoqchi, deb xabar berdi The Sun.

 

Qatar qirolligi oilasi vakili britaniyalik milliarder Jim Retkliffni ortda qoldirdi. O‘z navbatida u, klubning hozirgi egalari, Gleyzerlar oilasiga aksiyalar ulushini saqlab qolishga ruxsat berishga tayyor edi.

 

Gleyzerlar «Manchester Yunayted» klubidagi ulushini saqlab qolish va klub aksiyalariga egalik qilishda davom etish niyatida edi, biroq biznesmenlar bu ishqibozlarning keskin noroziligiga sabab bo‘lishidan ogohlantirildi.

 

Gleyzerlar oilasi 2005 yilda «Manchester Yunayted»ni 800 million funt sterlingga sotib olgan.

 

«Manchester Yunayted» Angliyaning dunyoda eng mashhur klublaridan biri, mahalliy va xalqaro maydonlarda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Unga 1878 yilda asos solingan. Klub Angliyaning 20 karra chempioni hisoblanadi (so‘nggi marta 2013 yilda).

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"