O'zbekiston

Bugun poytaxtning markaziy ko‘chalarida “svet” bo‘lmaydi

Elektr taʼminoti 7-8 soatga uziladi.

Bugun poytaxtning markaziy ko‘chalarida “svet” bo‘lmaydi

 

Bugun Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalarda elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali xabar berdi.

 

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.

 

Manzillar:

Mirobod tumani: “Yangi Mirobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Yakkasaroy tumani: “Yakkasaroy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.

 

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

 

Xabarda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘ragan.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

Andijonda onlayn qimor bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlari fosh etildi.

Ziyoratga yuborish va’dasi: “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi

Ziyoratga yuborish va’dasi: “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi

Uch hududda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul olgan shaxslar ushlandi.

Avstraliya mehnat bozoriga yo‘l ochilmoqda: o‘zbekistonlik mutaxassislar ishga jalb etilishi mumkin

Avstraliya mehnat bozoriga yo‘l ochilmoqda: o‘zbekistonlik mutaxassislar ishga jalb etilishi mumkin

Avstraliyaning Shimoliy hududi vakillari bilan o‘zbekistonlik malakali ishchilarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Bog‘chalardagi bolalarda ko‘z kasalligi tarqalayaptimi?

Bog‘chalardagi bolalarda ko‘z kasalligi tarqalayaptimi?

Toshkent viloyati SSB tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

“BBB-” darajasiga erishish uchun bir pog‘ona qoldi — Saida Mirziyoyeva

“BBB-” darajasiga erishish uchun bir pog‘ona qoldi — Saida Mirziyoyeva

O‘zbekistonning suveren kredit reytingi “barqaror” prognoz bilan “BB+” darajasiga ko‘tarildi.