Jahon

Qatag‘on qurbonlarining yana 240 nafari oqlandi

Oliy sudda sovet davridagi “Uchlik Kengashi”ning maxsus yig‘ilish qarorlariga ko‘ra ayblangan 240 nafar shaxsga doir beshta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Qatag‘on qurbonlarining yana 240 nafari oqlandi

 

Sovet hukumatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblangan O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSR fuqarolari bo‘lgan 240 nafar shaxsga oid jinoyat ishi Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqildi.

 

Tarixiy adolatni tiklash, mustabid tuzum davrida nohaq ayblangan, mol-mulki musodara etilib, surgun va qatag‘onga duchor bo‘lgan vatandoshlarni aniqlash, ularning nomini oqlash yo‘lida izchil ishlar davom etmoqda.

 

24 avgust kuni Oliy sudda sovet davridagi "Uchlik Kengashi"ning maxsus yig‘ilish qarorlariga ko‘ra, 1929-1931 yillarda hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida "bosmachilik harakati"da, qurolli to‘da tuzib, sovet hukumatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblangan O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSR fuqarolari bo‘lgan 240 nafar shaxsga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 

 

Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan bu ish yuzasidan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya protestini berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomalar hamda apellyatsiya tartibida protestlar keltirildi.

 

Ochiq sud majlisida ushbu iltimosnomalar va protestlar ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 240 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi.

 

Oliy sudning hukmi bilan reabilitatsiya qilinib, oqlangan qatag‘on qurbonlari ro‘yxati xabarda keltirilgan.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"