Sport

Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlari yod etildi

Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlari yod etildi

Mustaqillik kunlarida millatimiz oydinlari xotirasini eʼzozlash, xizmatlarini eslash yaxshi anʼana. Chunki ular xalqimiz ozodligi uchun, bugungidek emin-erkin kunlar uchun intilgan edi. Bu sana Vatanga fidoyilik unutilmasligini, hamisha qadrlanishini anglatadi.

Mustabid tuzum davrida yurtimizda ming-minglab odamlar qatag‘onga uchragan. Oilalari xonavayron bo‘lib, bolalari yetim qolgan. Birgina 1937-38 yillardagi katta qirg‘in davrida 7 mingga yaqin vatandoshimiz otilgan.

Hozirgi xiyobon shunday qatllar ijro etiladigan mudhish joy bo‘lgan. Mustaqillik yillarida u obod maskanga aylantirildi. Bu yerda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uning filiallari tashkil etildi. Ayni paytda muzeyda Turkiston maʼrifatparvarlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochilgan.

Xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qurʼon tilovat qilindi.

– Har safar bu yerga kelib, xalqimiz ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan jasur bobolarimizni eslab, ko‘nglimiz taskin topadi. Ularni xotirlash, ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun ham qarz, ham farz. Qatag‘on qilingan yetakchilarimizning taqdiri barchamizni mustaqilligimizni qadrlashga, uni asrab-avaylashga undaydi. Mana shunday mustaqillikda, tinchlikda yashashning o‘zi Alloh taoloning katta marhamati, neʼmati. Buning uchun shukronalik bilan, uning qadriga yetish kerak, - dedi Prezident.

1937-53 yillarda O‘zbekistonda 100 ming odam qatag‘onga uchragani, ularning 13 ming nafari otib tashlangani yana bir bor yodga olindi. Afsuski, tazyiqlar bu bilan cheklanib qolmagan.

O‘tgan asrning 80-yillarida ham minglab yurtdoshlarimiz adolatsizlik qurboni bo‘lgan. “Paxta ishi”, “o‘zbek ishi” degan soxta ayblovlar bilan respublikamiz bo‘yicha 40 ming kishi tergov qilingan, 5 ming nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonga yigirma besh yil rahbarlik qilgan, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Sharof Rashidov ham o‘limidan keyin siyosiy qatag‘onga uchragani alamli ekanini aytdi.

Jadid bobolarimiz hayotini o‘rganish, nohaq qatag‘onga uchragan insonlar xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha xayrli ishlar qilinayotgani taʼkidlandi.

– Bu borada adolatni tiklash bo‘yicha ko‘p ishlar qilyapmiz. Tarixchi olimlar ishtirokida komissiyalar tuzildi, arxiv hujjatlari o‘rganilayapti. Oxirgi ikki yilda O‘zbekiston Oliy sudi 850 nafardan ziyod, bu yil 240 nafar ana shunday jabrdiyda vatandoshlarimizning nomini oqladi. Bunday izlanishlarni hech qachon to‘xtatmasligimiz kerak. Negaki haqiqatni xalqimiz bilishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu davrga oid tarix yangi topilayotgan hujjatlar va ashyolar bilan boyib bormoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha “Xotira” kitoblari tayyorlandi. Ularga 40 mingga yaqin vatandoshimiz to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritildi. Bu to‘plamlar yaqin vaqt ichida chop etiladi.

Prezidentimiz shular bilan birga qatag‘on qurbonlari yashagan mahallalarda ularning nomlari, faoliyatini muhrlab qo‘yish zarurligini taʼkidladi.

– Muzeylar qildik, kitoblar chiqayapti, ko‘pchiligi oqlanyapti. Lekin shu bilan unutilishi kerak emas. Mening nazarimda, qatag‘on qurbonlari tug‘ilib o‘sgan yoki bugun avlodlari yashayotgan mahallada, o‘sha yerdagi maktabda ularning nomlarini yozib qo‘ysak, ham savobli, ham ibratli ish bo‘lardi. Qolaversa, mana shunday bayramlarda, xotira kunlarida xonadonlarini ziyorat qilish kerak. Nega urush qatnashchilarini uyiga boramizu, qatag‘on qurbonlarini eslamaymiz?! Ularning har birining hayoti – qahramonlik. Biz buni o‘rganib, tashviqot qilib, yoshlarimizga yetkazishimiz kerak, – dedi davlatimiz rahbari.

Mutasaddilarga jadid bobolarimiz tarixini o‘rganayotgan tadqiqotchilarga maqsadli grantlar ajratish, ular haqida hujjatli va badiiy filmlar olish, matbuot va internet nashrlarda materiallar chop etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

– Xalqimiz u davrni yaxshi bilishi, faxrlanishi kerak. Yoshlar “Bizning bobolarimiz istiqlol orzusida kurashgan, o‘zini ayamagan, biz mustaqillik uchun nima qilayapmiz” deb o‘ziga savol berishi zarur. Mustaqillikning mustahkam zamini nima o‘zi? Avvalo, vatanparvarlik, bilim, maʼnaviyat. Jamiyatimizda ana shunday vatanparvarlik ruhini, shukronalik ruhini kuchaytirishimiz kerak, – deya taʼkidladi Prezident.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.