Sport

Buxoroning 2000 yillik tarixga ega palovlari, bir kunini palovsiz tasavvur qilolmaydigan oshpaz va Andijonning mashhur devzirasi

Xivada Xalqaro etnosport festivali davom etmoqda.

Buxoroning 2000 yillik tarixga ega palovlari, bir kunini palovsiz tasavvur qilolmaydigan oshpaz va Andijonning mashhur devzirasi

 

Buxorolik Mironshoh Rajabov oshpazlik faoliyatini boshlaganiga uncha ko‘p bo‘lmadi. Biroq kasbiga bo‘lgan mehr-muhabbat uni bu sohada yaxshi natijalarga erishishiga yordam berdi. U ayni kunlarda Xiva shahrining qadimiy “Ichan-qalʼa” majmuasida o‘tkazilayotgan Xalqaro etnosport festivalida ishtirok etmoqda. Mironshoh respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan oshpazlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan qadimiy oshlar chempionatida Buxoro viloyati nomidan qatnashmoqda. U mazkur festivalning qizg‘in o‘tayotganini taʼkidladi.

Mazkur musobaqada respublikamizning barcha viloyatlarida tayyorlangan qadimiy oshlar bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Buxoroda ikki xil osh turi juda ham mashhur hisoblanadi. Buxorolik oshpazning aytishicha, ushbu osh turlari bir-biridan tubdan farq qiladi.

 

"Oshi qobili zig‘ir yog‘ida yog‘li qilib tayyorlanadi, u juda ham quvvatbaxsh hisoblanadi. Oshi sofi esa parhezbop bo‘lib, unda ishlatiladigan mahsulotlar alohida-alohida qaynatilib, yarim soatga yaqin dimlanib pishiriladi. Bizning bu oshlarimiz 2000 yillik tarixga ega", — deydi u.

Mironshohning mazkur chempionatdan asosiy maqsadi boshqa hamkasblari bilan tajriba almashish va musobaqada munosib ishtirok etish.

 

30 yoshli Alisher Qo‘shimov Xorazm viloyatining Yangiboz tumanidan. U, asosan, to‘ylarda osh pishiradi. U bugun o‘z tumanida mashhur bo‘lgan qadimiy oshlardan birini tayyorlamoqda. 

 

Alisher Qo‘shimovning maʼlum qilishicha, Xorazm oshining boshqa viloyatlarda tayyorlanadigan oshlardan farqi bu unga solinadigan mahsulotlarida.

 

"Hozir pishirayotgan bizning bu oshimizga no‘xat va har xil ziravorlar solinmaydi. Bizning viloyatimizda ikki xil osh tayyorlanadi. Bu Qabla oshi va Suzma oshi. Hozir jamoamiz bilan Qabla oshini pishiryapmiz. Ushbu oshimiz, asosan, oila davrasida tayyorlanadi", — deydi oshpaz.

 

Alisher aka bu kabi osh chempionatlarida doimiy ishtirok etib keladi va shunga yarasha tajribasi ham yuqori. U bunday festivallar barcha ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish imkonini berishini taʼkidlab, yangi-yangi do‘stlar orttirishga ham yordam beradi deya qo‘shimcha qildi.

 

"O‘zim Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida faoliyat yuritaman. 2014 yildan beri osh pishirib kelaman. Asosan, to‘ylarda Suzma oshini tayyorlayman. Har bir inson o‘zining kasbidan, qilayotgan ishidan rohatlanishi kerak. Men bir kunda osh tayyorlamasdan turolmayman. Har bir o‘zbek xonadoni borki, bayram va tadbirlarni palovxonto‘rasiz tasavvur qilolmaydi. Biz ham ko‘plab oshpazlar bilan bo‘lgan suhbatimizda respublikamizning barcha hududlaridagi yurtdoshlarimiz oshni juda ham sevib isteʼmol qilishiga yana bir bor amin bo‘ldik. Suhbatlar vaqtida maʼlum bo‘ldiki, xorazmliklar o‘z uyida haftada ikki bor osh tayyorlashadi. Bu payshanba va yakshanba kunlaridir. Payshanba kuni ulug‘ juma kuniga tayyorgarlik ko‘rish va bu kunni shukronalik ila kutib olish maqsadida har bir xonadonda osh qilinadi. Yakshanba dam olish kunini ham xorazmliklar palovsiz tasavvur etolmaydi", — dedi u.

Inomiddin Fozilov Andijon viloyatidan. U bugungi chempionatdan katta maqsadlarni ko‘zlagan. Oshpazimiz Xalqaro etnosport festivali haqida gapirar ekan, o‘zining hayajonlarini bosa olmadi. Uning ayticha, bu musobaqalar tarixni yod etish, qadimiy anʼanalarimizni saqlab qolish va kelajak avlodga ham ularni yetkazish imkonini beradi. Andijonlik oshpazimiz bugungi festival ishtirokchilari uchun devzira guruchidan Andijoncha osh tayyorlamoqda.

 

Andijonda osh, asosan, qo‘y yog‘i va go‘shtidan qilinadi. Bizda qaysi turdagi guruchdan tayyorlanishiga qarab osh turlari farqlanadi. Viloyatimizda devzira guruchdan qilinadigan osh mashhur hisoblanadi. Mazkur guruch turi ham aynan bizning hududlarda yetishtiriladi. U faqat Andijon iqlimiga moslashgan.

 

Inomiddin Fozilovning maʼlum qilicha, Andijon viloyatida eng ko‘p choyxona osh tayyorlanadi.

 

Har bir o‘zbek xonadoni borki, bayram va tadbirlarni palovxonto‘rasiz tasavvur qilolmaydi. Biz ham ko‘plab oshpazlar bilan bo‘lgan suhbatimizda respublikamizning barcha hududlaridagi yurtdoshlarimiz oshni juda ham sevib isteʼmol qilishiga yana bir bor amin bo‘ldik. Suhbatlar vaqtida maʼlum bo‘ldiki, xorazmliklar o‘z uyida haftada ikki bor osh tayyorlashadi. Bu payshanba va yakshanba kunlaridir. Payshanba kuni ulug‘ juma kuniga tayyorgarlik ko‘rish va bu kunni shukronalik ila kutib olish maqsadida har bir xonadonda osh qilinadi. Yakshanba dam olish kunini ham xorazmliklar palovsiz tasavvur etolmaydi.

 

Maʼlum qilinishicha, chempionatning g‘olib va sovrindorlari Oshpazlar uyushmasining tanlovi asosida aniqlanadi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

custom img

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Argentinalik jurnalistga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi jamoadoshlariga Ispaniya bilan bahs uning terma jamoa safidagi so‘ngi o‘yini ekanini aytgan.

custom img

Bugungi sport yangiliklari: dzyudo, boks, shaxmat va futbol — kunning eng muhim voqealari

O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi, bokschilar 21 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi, FIDE nomzodlarni eʼlon qildi, JCH-2026 finalida esa Ispaniya g‘olib chiqdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"