Iqtisodiyot

NKMK oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egalladi

Bu haqda Kanadaning Kitco xalqaro tahlil markazining 2023-yil I yarim yilligi bo‘yicha xulosasida so‘z boradi.

NKMK oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egalladi

 

Bu haqda Kanadaning Kitco xalqaro tahlil markazining 2023-yil I yarim yilligi bo‘yicha xulosasida so‘z boradi.

 

Reytingga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligida NKMK tomonidan 1,425 mln unsiya oltin ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan. Dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadigan “Muruntov” koni NKMKga tegishli ekani qayd etilgan.

 

Top-10 ro‘yxatda 2,513 mln unsiya oltin ishlab chiqargan “Newmont” kompaniyasi yetakchilik qilgan. Kompaniyaning ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga kamaygan.  

 

Reytingning yuqori beshligidan mos ravishda “Barrick” (1,961 mln unsiya oltin ishlab chiqargan), “Agnico” (1,686 mln unsiya oltin ishlab chiqargan) hamda “Polyus” (1,448 mln unsiya oltin ishlab chiqargan) kompaniyalari joy olgan.

 

Ro‘yxatda NKMKdan keyingi o‘rinlarni “AngloGold Ashanti”, “Gold Fields”, “Newcrest”, “Zijin Mining” va “Kinross” kompaniyalari egallagan.

 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"