Siyosat

Janubiy Koreya Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqchi

Bunga Putin va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv sabab bo‘ldi.

Janubiy Koreya Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqchi

 

Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Pak Jin Vladimir Putin va Kim Chen Inning yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi fonida Seul Rossiyaga qarshi bir tomonlama sanksiyalar joriy qilishi mumkinligini aytdi. Taʼkidlanishicha, mazkur uchrashuv Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik borasida xavotir uyg‘otgan.

 

“Shimoliy Koreyaning Rossiya bilan qurol savdosiga oid har qanday kelishuvi Koreya yarimorolida xavfsizlik va tinchlikka jiddiy tahdid bo‘ladi”, dedi Pak Jin.

 

Shimoliy Koreya va Rossiyaga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishiga kelsak, Pak hukumat bu davlatlarga bosim o‘tkazish uchun barcha choralarni ishga solishini aytdi.

 

Pakning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik, jumladan, qurol savdosi BMT Xavfsizlik kengashining KXDRga qarshi rezolyutsiyalarini buzish hisoblanadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatarga yetib bordi

Tashrif doirasida Qatar Amiri bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan

custom img

Shavkat Mirziyoyev Toskana gubernatori boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Tomonlar Toskana va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi kutilmoqda

O‘zbekiston rahbarining tashrifi sobiq amirning vafoti munosabati bilan o‘tkaziladigan ta’ziya marosimlarida ishtirok etish maqsadida rejalashtirilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Xitoydagi tabiiy ofatlar qurbonlarining oila a’zolariga ta’ziya izhor etdi.

custom img

ICESCO bosh direktori Salim al-Malik “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Joriy yilda Toshkentda ICESCO ofisi ochildi, Oʻzbekistonning 7 ta meros obyekti tashkilot roʻyxatiga kiritildi.

custom img

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisini qabul qilib, unga davlat mukofotini topshirdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy tashrifi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Aleksandr Lukashenko kuzatib qo‘ydi.

custom img

O‘zbekiston va Belarus strategik sheriklikni yo‘lga qo‘ydi, qator hujjatlar imzolandi

Tomonlar savdo, mehnat migratsiyasi, madaniyat, turizm, qishloq xo‘jaligi, fan va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan qator ikki tomonlama hujjatlarni qabul qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"