Sport

“Borsa-kelmas”da marafon uyushtirildi.

Amerikalik ultramarafonchi jahon hamjamiyatining eʼtiborini Orol dengizi fojiasiga qaratmoqda

“Borsa-kelmas”da marafon uyushtirildi.

 

 

2023 yil 17 sentyabr kuni Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va Prorun.uz yugurish maktabi asoschisi Andrey Kulikov tashabbusi bilan Orol dengizida davom etayotgan ekologik halokatga eʼtibor qaratish maqsadida sport tadbiri o‘tkazildi.

 

Tadbir doirasida amerikalik mashhur ultramarafonchi Din Karnasis Andrey Kulikov bilan birgalikda Oroldan 60 km uzoqlikda joylashgan, dengiz va bu mintaqadagi suv resurslaridan ommaviy foydalanish natijasida qurib qolgan “Borsa-Kelmas” trakti hududida 42 km 195 m masofaga yugurdi. 

 

Marafondan ko‘zlangan maqsad jahon hamjamiyatining eʼtiborini Orol dengizi ekologik fojiasiga jalb qilish, shuningdek, 19–23 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 2023 yilgi sessiyasida dolzarb global ekologik muammolarga bag‘ishlangan muhokamalarni qo‘llab-quvvatlash va kuchaytirishdan iborat. 

 

Insonlarni sport va atrof-muhitni muhofaza qilish bayrog‘i ostida birlashtirgan ushbu marafon jahon hamjamiyatini sayyoramiz bilan uyg‘un yashashga chaqiruvchi mayoq bo‘ldi.

 

Ekologiya vazirligining YouTube kanalida marafonning jonli efirini dunyoning istalgan nuqtasidan tomoshabinlar kuzatib borishdi. Ishtirokchilar marafonchilarning poyga davomida bosib o‘tgan qadamlari yig‘indisini taxmin qilib, iPhone 15 Pro yutib olish imkoniga ega bo‘lishdi.

 

4 soat, 51 daqiqa, 18 soniya davom etgan marafon natijalariga ko‘ra, Din Karnasisning qadamlari yig‘indisi 43 420, Andrey Kulikovniki 44 860 bo‘lib, jami 88 280 qadamni tashkil etdi.

 

Maʼlumot uchun, 2022 yilda Andrey Kulikov Orol dengizi tubi bo‘ylab 42 km 195 m masofani 4 soat 9 daqiqada bosib o‘tgan. Orol dengizida o‘tkazilgan marafon mintaqadagi ekologik vaziyatga katta eʼtibor qaratdi.

 

Bu yil sport tadbiriga dunyoga mashhur amerikalik ultramarafonchi Din Karnasis qo‘shildi. U marafon olamidagi ajoyib yutuqlari, jumladan, 2005 yilda uyqusiz 80 soat 44 daqiqada 350 mil (560 km) masofani bosib o‘tgani bilan mashhur. Uning ishtiroki tadbirning global ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib beradi.

 

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

Sergey Chigodayev shogirdlari o'yin yakuniga oz qolganda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib bir ochkodan mahrum bo'ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Sherzod Esanov dubl muallifiga aylandi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.