O'zbekiston

"Rossiyaning O‘zbekistonda maktab qurish taklifi noto‘g‘ri talqin qilinmoqda"

Tarmoqlarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi takliflarga turlicha fikr bildirilmoqda. Bosh vazir matbuot kotibi mazkur holatga izoh berdi.

"Rossiyaning O‘zbekistonda maktab qurish taklifi noto‘g‘ri talqin qilinmoqda"

 

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 18-sentabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 4-majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 4-majlisida madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlik bo‘yicha bildirilgan muayyan taklif mohiyati noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov mazkur holatga munosabat bildirdi.

 

Unga ko‘ra, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro rasmiy kelishuvlarga asosan, bir davlat hisobidan boshqa davlat hududida maktab va shunga o‘xshash ijtimoiy obyektlar qurish anʼanasi jahon tajribasida mavjud. Bu o‘zaro ijtimoiy yordam sifatida tasniflanadi.

 

“Shuni alohida qayd etish lozimki, xorijiy mamlakatlar tomonidan qurib beriladigan maktablarning taʼlim dasturlari dastlab soha mutaxassislari tomonidan milliy urf-odat, qadriyat va anʼanalarimiz, tariximiz, amaldagi qonun hujjatlarimiz, mavjud taʼlim standartlarimiz nuqtai nazaridan chuqur o‘rganib chiqiladi. Agar qurib berilishi taklif etilayotgan maktab va uning dasturi yuqorida nazarda tutilgan talablarga mazmunan mos kelsa, ushbu taʼlim muassasasining faoliyat yuritishi uchun o‘rnatilgan tartibda litsenziya beriladi.

 

Mazkur jihatlarni inobatga olgan holda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

custom img

Ogohlantirishga qaramay "rul"ga o‘tirgan 238 nafar bitiruvchi ushlandi

Ayrim viloyatlarda bitiruv tadbiriga avtomobil boshqarib kelgan qizlar ham aniqlangan.

custom img

O'zbekiston Qurbon hayiti arafasida Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yubordi

Balx viloyatiga 200 tonna oziq-ovqat mahsulotidan iborat gumanitar yordam yetkazildi.

custom img

O‘zbekistonda yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir sabab yomg‘ir suvlari to‘planishi va hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjudligi qayd etilgan.

custom img

Respublika bo‘yicha 10 193 ta maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi

Joriy o‘quv yili yakunida 11-sinfni 472 436 nafar, 9-sinfni esa 621 894 nafar o‘quvchi tamomlamoqda.

custom img

Qashqadaryoda 2 ta Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo'ldi

Hodisaga “Nexia-1” avtomashinasi transport vositalarini noto‘g‘ri quvib o‘tishi sabab bo'lgan.

custom img

Buxoroda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

U tibbiy xaridlar bo‘yicha tuzilgan shartnoma mablag‘larni o‘tkazib berish evaziga 150 million so‘m miqdorida “ulush” talab qilgan.

custom img

“Bugungi bitiruvchi — ertangi Uchinchi Renessans bunyodkori” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston rahbari 472 ming nafar bitiruvchini katta hayotga qadam qo‘yayotgani bilan tabrikladi.

custom img

“Bunyodkor” stadioni atrofi muxlislar va mas’ul xodimlar bilan tozalandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026’ga tantanali kuzatilgach, stadion atrofidagi belgilanmagan joyga tashlab ketilgan chiqindilar yig'ildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"