O'zbekiston

Metroga kimlar kiritilmaydi?

Yangi qoidalar tasdiqlandi.

Metroga kimlar kiritilmaydi?

 

Hukumat qarori (535-son, 10.10.2023 y.) bilan "Metropolitenda yo‘lovchilar hamda boshqa shaxslarning bo‘lishi qoidalari" tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra, Metropolitenda yo‘lovchining bo‘lishi va uning yukini tashish shartnomasi tuzilganligi yo‘l chiptasi orqali yoki imtiyozga hamda bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning tegishli hujjatini ko‘rsatishi bilan tasdiqlanadi.

 

Yo‘lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan yuklarini ko‘zdan kechirish uchun taqdim etadi.

 

Bunda qidiruvdagi shaxslar deb gumon qilingan yoki ko‘zdan kechirish jarayonida o‘zini shubhali tutayotgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsiy ko‘zdan kechirilishi mumkin.

 

Yo‘lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan ko‘zdan kechirishdan o‘tishni rad etgan taqdirda, metropolitenga kiritilmaydi.

 

Metropoliten infratuzilmasi ob’yektlari va xavfsizlik hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:

 

  • yonuvchan, portlovchi moddalardan va bosim ostida ishlovchi qurilmalardan foydalanishni talab etadigan barcha faoliyat turlari bilan shug‘ullanish va shu bilan bog‘liq ko‘ngilochar shoxobchalarni qurish hamda tashkil etish;

  • metropoliten inshootlaridan, shu jumladan, yer usti shamollatish qurilmalaridan 25 metrdan kam masofada chiqindilarni to‘plash, yoqish va gulxanlar tashkil etish;

  • gaz yoqilg‘isida harakatlanuvchi transport vositalari (avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi bilan jihozlangan, estakada inshootlari ostidagi maxsus ochiq avtoturargohlar bundan mustasno) va yonuvchi materiallar ortilgan transport vositalarini estakada inshootlari ostiga (avtoturargohlarga) joylashtirish.

 

Metropolitenda quyidagilarga ruxsat etilmaydi, jumladan:

 

  • spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini iste’mol qilish yoki mast holda kirish;

  • qizdiriladigan tamaki, elektron sigaretalar va nosvoy chekish;

  • metropoliten hududida oyoq kiyimsiz va kiyimsiz holda bo‘lish;

  • bekatga yo‘lovchilarning kiyimi, metropoliten vagonlari, inshootlari va qurilmalarini kir qilishi mumkin bo‘lgan yuklar va buyumlar, shuningdek, velosiped (yig‘iladigandan tashqari), moped, skuter va boshqa harakatlanish vositalari bilan kirish;

  • bekat hududida, vagonlarda akrobatik va sport mashqlarini bajarish, har xil turdagi sport to‘plarini o‘ynash.

 

Yo‘lovchilar metropolitendan foydalanishda quyidagi huquqlarga ega, jumladan:

 

  • o‘zlari bilan birgalikda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarini, bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachalarini, bolalar velosipedlarini, musiqa asboblarini, shuningdek, g‘ilofga solingan holda sanchiluvchi, kesuvchi va oson sinuvchi buyumlar, chana, chang‘i va baliq ovi uchun qarmoqlarni bepul olib yurish;

  • nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan metropolitenning texnik vositalaridan (liftlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachasini ko‘taruvchi/tushuruvchi moslamalar va boshqa jihozlar) foydalanish, zaruratga ko‘ra tegishli xodimlardan yordam olish;

  • bekatlarni havaskorlik foto va videotasvirga olish;

  • o‘lchamlariga ko‘ra uchta o‘lchovi yig‘indisi bo‘yicha 200 santimetr: eni – 60 santimetr, uzunligi – 70 santimetr, balandligi – 70 santimetr bo‘lgan yuklarni bepul olib yurish.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"