Sport

Saudiya Arabistonidagi yulduzlarning natijalari qanday?

Ayni vaqtda mamlakat chempionati qizg'in davom etmoqda.

Saudiya Arabistonidagi yulduzlarning natijalari qanday?

 

“Al-Hilol” Saudiya Arabistoni chempionatida 9 turdan keyin 23 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Yozda jamoa ligadagi istalgan klublar ichida eng ajoyib transfer kampaniyasini amalga oshirdi. Bir qancha superyulduzlar darhol “Al-Hilol” safiga qo‘shildi.

 

Darvozabon Bono 3-turdan beri doimiy ravishda maydonga tushmoqda. U yettita o'yinda beshta gol o'tkazib yubordi. Himoyachi Kalidu Kulibali oltita o‘yinda ishtirok etdi va hatto “Al-Shabab” bilan 8-tur o‘yinida gol ham kiritdi. Sergey Milinkovich-Savich yetti o‘yinda 4 (2+2) ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi, shuningdek, “Al-Riyod” bilan 3-tur o‘yinida maydondan chetlatildi. Yarim himoyachi Ruben Neves mavsumning barcha to'qqizta o'yinida maydonga tushdi. Portugaliyalik futbolchi bir marta muvaffaqiyatli uzatmani amalga oshirdi, asosan yarim himoyachi vazifasini bajarmoqda.

 

“Al-Hilol”ning hujumida Neymar – Malkom – Mitrovich triosi muvaffaqiyatli harakat qilmoqda. "PSJ"ning sobiq futbolchisi uch turda ikkita golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Yomon emas, lekin hali asosiy kutilgan natijalar yo'q. "Zenit"dan Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgan Malkom liganing eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lib turibdi. U allaqachon to'qqizta o'yinda oltita gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan. Malkom gol+pas tizimi bo'yicha to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'rinda. Aleksandr Mitrovich ham ortda qolgani yo'q. U yetti o‘yinda oltita gol urdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. Umuman olganda, hujum 100% ishlamoqda, bu esa “Al-Hilol”ga yetakchilik qilish imkonini beradi.

 

Saudiyaning yana bir mashhur klubi, 2023-yilning yozida yulduzlar bilan to'lib-toshgan, "Al-Ahli" ham ajoyib harakat qilmoqda. "Chelsi"dan ko'chib o'tgan darvozabon Eduard Mendi 1-turdan beri doimiy ravishda asosiy tarkibda o'ynamoqda. "Yuventus"ning sobiq himoyachisi Merix Demiral to'rtta uchrashuvda ishtirok etgan va hozircha alohida harakatlari bilan ajralib turgani yo'q. Uning ishtirokidagi so'nggi ikki o'yinda "Al-Ahli" sakkizta gol o'tkazib yuborgan. Yarim himoyada Gabriel Veyga va Frank Kessie o'ynaydi. Ispaniyalik futbolchi beshta o'yinda hech qanday foydali harakatlar ko'rsatmadi, ammo ivuarlik futbolchi o'zini yaxshi his qilmoqda. Kessie allaqachon to'rtta gol urgan.

 

“Al-Ahli”ning hujumi yulduzlarga boy. Riyod Mahrez “Manchester Siti”dan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi va to‘qqizta o‘yinda 6 (3+3) ochko to‘pladi. Ajoyib driblingchi Allan Sen-Maksimin ham o'z texnikasini Yaqin Sharqda namoyish etmoqda. Fransiyalik futbolchi ham ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. “Liverpul”ning sobiq hujumchisi Roberto Firmino esa sakkiz uchrashuvda uch marta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Klub chempionatda uchinchi o'rinda bormoqda.

 

"Al-Ittihod" ham 2023-yilning yozida yulduzlarning katta oqimiga sababchi bo'ldi. Karim Benzema iyun oyida transfer oynasi ochilgandan keyin Saudiya Arabistoniga kelgan birinchi top futbolchi bo'ldi. Hozircha amaldagi “Oltin to‘p” sohibi kutilgandek o‘yin ko‘rsata olmadi. Fransiyalik futbolchi chempionatda yettita o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Benzema jarohati tufayli ikkita o'yinni o'tkazib yubordi.

 

"Al-Ittihod"ning yana ikki yulduzi Fabinyo va N'Golo Kante. To'qqiz uchrashuvda braziliyalik biror marta ham gol ura olmagan. Ammo Kante barchani hayratga solmoqda. U to'qqizta uchrashuvda allaqachon 3 (1+2) samarali ochko to'plagan. "Al Ittihod" ayni vaqtda uchinchi o'rinni "Al Ahli" va "Al Nasr" bilan bo'lishib, "Al Hilol"dan atigi 4 ochko ortda qolmoqda. Eslatib o‘tamiz, Benzema jamoasi amaldagi chempion hisoblanadi.

 

Krishtianu Ronaldu "Al-Nasr"ga 2022-yilning dekabr oyida kelgan edi. Ammo hozir jamoada ajoyib futbolchilarni to'plangan. Masalan, ispaniyalik Aymerik Laport (yetti o'yin, bitta golli uzatma) va braziliyalik Aleks Telles (beshta o'yin) himoyada o'ynashadi. Yarim himoya hatto Yevropaning top-ligalari standartlari bo'yicha ham kuchli. 2023-yilgi Chempionlar ligasi finalchisi va 2022-yilgi jahon chempionati bronza medali sovrindori Marselo Brozovich sakkizta o'yinda bittadan golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, “Al-Nasr”da Otavio (yetti o‘yin, ikki gol), Anderson Taliska (beshta o‘yin, beshta gol va ikkita golli uzatma) va Seko Fofana (4 o‘yin) o‘ynamoqda.

 

Krishtianu Ronaldu hujumda hukmronlik qilmoqda. Afsonaviy portugaliyalik futbolchi sakkiz uchrashuvda 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to'purari va gol+pas tizimi bo'yicha yetakchi hisoblanadi. Uning asosiy sherigi Sadio Mane esa to'qqizta uchrashuvda oltita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

 

"Al-Nasr" yetakchi "Al-Hilol"ga yaqin joylashgan. Ronaldu boshchiligidagi jamoa hisobida 19 ochko bor va "Al Ahli" va "Al Ittihod" bilan birga 3-o'rinda bormoqda.

 

Yana bir yulduzli jamoani Stiven Jerrard boshqarmoqda. Afsonaviy futbolchi "Liverpul"ning sobiq o'yinchilari Jordan Xenderson va Jorjinio Veynaldumni olib keldi. “Al-Ittifoq” esa hozircha yettinchi o‘rinda bormoqda. Veynaldum hozirgacha to'rtta o'yinda ikkita gol urgan. Xenderson esa sakkizta uchrashuvda to'rtta golli uzatmani amalga oshirgan. “Al-Ittifoq”ning yana ikki yulduzi hujumchilar Mussa Dembele va Demaray Grey hisoblanadi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"