O'zbekiston

Mirziyoyev Pekinda “China Energy” konsernini qabul qildi

Uchrashuvda kompaniya O‘zbekiston energetikasini texnologik modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mirziyoyev Pekinda “China Energy” konsernini qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifning ikkinchi kunidagi tadbirlar doirasida “China Energy Engineering Corporation” raisi Sun Xaylyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Zamonaviy energetika, infratuzilma va sanoat obyektlarini loyihalashtirish va qurish borasida katta tajribaga ega Xitoyning «China Energy» yetakchi korporatsiyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda. Kompaniya aktivlarining qiymati 150 milliard dollardan ortiq.

 

Uchrashuvda kompaniya O‘zbekiston energetikasini texnologik modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

 

"China Energy" Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida quyosh va shamol elektr stansiyalari, Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihalarini amalga oshirmoqda.

 

Kompaniya Navoiy viloyatida gibrid elektr stansiyasini barpo etishda ishtirok etish niyatida.

 

 

Bundan tashqari, joriy yil sentyabr oyida Samarqand viloyatida sement ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlar birgalikda ishga tushirildi.

 

 

“China Energy” bilan sheriklik istiqbollari, shu jumladan infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, energiyani saqlash tizimlarini tashkil etish, energetika tarmog‘ini 2030-yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

 

 

Suv xo‘jaligida kooperatsiya qilish, sanoatning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ham alohida eʼtibor qaratildi.

 

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kompleks dasturni tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

custom img

Buxoroda 60 dan ortiq fuqaroni chuv tushirgan guruh fosh etildi

Gumonlanuvchilar qo‘lga olinganda ulardan o‘nlab bank kartalari, SIM-kartalar hamda maxsus mobil qurilmalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

custom img

Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Rejaga ko‘ra, hisob davrida shahar hududi 7 966,78 gektardan 11 847,06 gektargacha kengayadi. Magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 kilometrdan 203 kilometrgacha oshiriladi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Xitoyning yetakchi muzeylari bilan hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida Islom sivilizatsiyasi markazining Xitoyning yetakchi muzeylari bilan yangi hamkorlik dasturi taqdim etildi.

custom img

Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentiga rasmiy tashrif bilan mamlakatga kelishni taklif etdi.

custom img

“Toshkentga 'yashil shahar' maqomi qaytariladi” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi qator bog‘ va jamoat maskanlarini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi, haydovchi halok bo‘ldi

Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar esa shifoxonaga olib borilgan.

custom img

Toshkentda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i jarimaga tortildi

Bunga anomal issiq sharoitida tozalash xizmati xodimlari ishga jalb etilgani hamda ularga zarur mehnat sharoitlari yaratilmagani sabab bo‘ldi.

custom img

O‘zbekiston biometrik pasportlari xalqaro xavfsizligi kuchaytirildi

Mazkur yangilanish biometrik pasportlardagi ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlab, xalqaro sayohatlar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"