0

Farg‘onada tuman hokimi yordamchisi va moliya bo‘limi boshlig‘i qimor o‘ynagani aytilmoqda

Tuman hokimligi voqeaga munosabat bildirdi.

Farg‘onada tuman hokimi yordamchisi va moliya bo‘limi boshlig‘i qimor o‘ynagani aytilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani moliya bo‘limi boshlig‘i va hokim yordamchisi xizmat xonasida karta o‘ynayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Mazkur holatga Uchko‘prik tumani hokimligi munosabat bildirgan.

 

Unga ko‘ra, ushbu holat Uchko‘prik tumani hokimligi va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda qayd etilgan davlat tashkilotlarining viloyat boshqarmalari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda o‘rganib chiqilayotgani aytilgan.

 

Shuningdek, o‘rganishlar natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"