Shavkat Mirziyoyev Ostonaga bordi
Prezidentni Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov kutib oldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahriga bordi.
Aeroportda davlat rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov kutib oldi.
Mamlakat yetakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.







