Iqtisodiyot

2 million aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Xo‘sh, bunga qanday erishiladi?

2 million aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yengillashtirish va uni rag‘batlantirish davlatning asosiy vazifalaridan biriga aylantirilib hukumat tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qonun, qaror, farmon va boshqa turdagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilganligini OAVda ko‘p eshitganmiz.

 

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish maqsadida, hamda joriy yil 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida o‘tkazilgan taqdimotda davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasida aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

 

Qarorning asosiy maqsadi – uning nomida ko‘rsatilganidek — aholini kichik va o‘rta biznesga jalb qilishdir.

 

Xo‘sh ushbu maqsadlarga qanday erishiladi?

 

Mazkur qaror loyihasida aholini tadbirkorlikka jalb qilishning quyidagi tartibi belgilanmoqda:

 

a) kichik va o‘rta tadbirkorlarga “yagona darcha” tamoyili asosida moliyaviy xizmat ko‘rsatish uchun kichik biznesga ko‘maklashish markazlari va Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari binolariga joylashtirilmoqda;

 

b) Savdo-sanoat palatasi (D.Vahobov), Biznes-ombudsman (D.Qosimov), Mahallabay ishlash agentligi (M.Ubaydullayev) har hafta:

 

- mahallalarga chiqqan holda aholi va tadbirkorlarga kichik va o‘rta biznes uchun davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni tushuntirib boradi;

 

- kichik biznesga ko‘maklashish markazlarida aholi va tadbirkorlarni biznes ko‘nikmalariga o‘qitadi;

 

- kichik biznesga ko‘maklashish markazlari va Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi bilan birga salohiyatli tadbirkorlarni aniqlab, ularning loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.

 

Shu bilan birgalikda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bir qator tashkilotlar bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat dasturlarida nazarda tutilgan imkoniyatlar va ularda ishtirok etish shartlari to‘g‘risida taqdimot materiallari va videoroliklardan iborat namunaviy qo‘llanmalar tayyorlab, Respublika komissiyasi aʼzolari va hududiy komissiyalarga yetkazilishi hamda elektron platformalarda joylashtirilishi yuklatilgan.

 

Kichik va o‘rta biznes mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi va uning rivojlanishining ijobiy tomonlari bu:

 

1) Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirilishi: kichik va o‘rta biznes yangi ish o‘rinlarini yaratishga va umumiy bandlikni oshirishga hissa qo‘shadi, bu esa iqtisodiy o‘sishga yordam beradi.

 

2) Innovatsion va texnologik taraqqiyot: kichik va o‘rta biznes innovatsiya va texnologik taraqqiyotning “dvigateli” sifatida xizmat qiladi. Ular ko‘pincha yangi g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar manbai hisoblanadi.

 

3) Kambag‘allikni va tengsizlikni qisqartirilishi: kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga yordam beradi.

 

4) Hududlarning rivojlanishi: kichik va o‘rta biznes subyektlari hududlarning, ayniqsa kichik shaharlar va qishloq joylarning moʻtadil rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Ushbu hududlarda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash investitsiyalarni jalb qilishi va yangi ish o‘rinlari yaratishi mumkin.

 

5) Raqobatni rag‘batlantirilishi: kichik va o‘rta biznes bozorda raqobatni kuchaytirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Misol tariqasida kichik va o‘rta biznes subyektlari va katta tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi raqobat isteʼmolchilar uchun sifatliroq va arzonroq bo‘lgan tovar va xizmatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"