O'zbekiston

“Qanqa shahristoni”ga yetkazilgan zarar bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Maʼlum bo‘lishicha, yodgorlikka 14 mlrd atrofida zarar yetkazilgan.

“Qanqa shahristoni”ga yetkazilgan zarar bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi “Qanqa” arxeologiya yodgorligi hududi o‘zlashtirib olingani, xususan, uy-joylar qurilishi, bog‘ va ekin ekish maydonlari tashkil etilganligi keskin tanqid qilinib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Mazkur holatlar bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi va Kadastr agentligi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganishda haqiqatda ayrim fuqarolar tomonidan yodgorlik hududiga jiddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 04.10.2019 yildagi 846-sonli qarori bilan tasdiqlangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy Ro‘yxatida “Qanqa shahristoni” 320-raqam bilan moddiy madaniy meros obyekti sifatida ro‘yxatga olingan. Obyekt davri miloddan avvalgi III asr — milodning XII asriga taalluqli bo‘lib, u davlat mulki sifatida Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektiga A.P. tomonidan 10 mlrd 367 mln 448,3 ming so‘m, A.B. tomonidan 2 mlrd 423 mln 520,0 ming so‘m, T.B. 1 mlrd 093 mln 950,0 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

 

O‘rganish hujjatlariga ko‘ra, viloyat prokuraturasi tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 132-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Qanqa shahristoni”ga yetkazilgan zarar bo‘yicha jinoiy ish ochildi | Zamon.uz