Jahon

Iqlim o‘zgarishi sabab yiliga 250 ming kishi qurbon bo'lishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu borada so'nggi tahlillarni e'lon qildi.

Iqlim o‘zgarishi sabab yiliga 250 ming kishi qurbon bo'lishi mumkin

 

Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar sayyoramiz aholisi salomatligiga jiddiy xavf solmoqda. Anomal issiq, suv toshqinlari, o‘rmon yong‘inlari, muzliklar erishi, dengiz sathining ko‘tarilishi... Bularning barchasi Yer sharining qator nuqtalarida o‘lim holatlari va kasalliklar soni ortishiga olib kelyapti.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu boradagi so‘nggi tahlillarni e’lon qildi. Unga ko‘ra so‘nggi 130 yil ichida global harorat taxminan 0,85 darajaga oshgan. So‘nggi 25 yil ichida global isish tezligi har o‘n yilda 0,18 darajadan ko‘proqqa tezlashgan. Keyingi 20 yil ichida 65 yoshdan katta insonlar o‘rtasida jazirama haroratdan vafot etish ko‘rsatkichi 70 foizga oshgan.

 

JSST hisobotida 2030–2050-yillarda iqlim o‘zgarishi har yili 250 ming odamning o‘limiga olib kelishi keltiriladi. Xususan, global isish ntijasida 38 ming keksaning jazirama tufayli jon beradi.

 

Ta’kidlanishicha, iqlim o‘zgarishi nafaqat meteorologik ko‘rinishlarga, balki ijtimoiy va ekologik salomatlik omillariga ham ta’sir qiladi. Bular: toza havo, xavfsiz ichimlik suvi, etarli oziq-ovqat ta’minoti va boshqalar. Natijada global isish ortidan yuzaga keladigan kasallilkar, xususan, diareya tufayli 48 ming; bezgak tufayli 60 ming; bolalarning to‘yib ovqatlanmasligi sababli 95 mingta o‘lim qayd etilishi aytilmoqda.

 

Bundan tashqari, toza ichimlik suvi tanqisligi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan o‘lim holatlarining asosiy sabablaridan biriga aylangan. 2030–2050-yillardagi iqlim o‘zgarishlari oqibatida toza ichimlik suvi yanada tanqislashadi.

 

Sifatsiz suv ichish vabo, tif isitmasi, dizenteriya, salmonellyoz kabi yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi, shuningdek, bu yuqumli bo‘lmagan kasalliklar: ovqat hazm qilish, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, agar vaziyat o‘nglanmasa, kelgusi o‘n yillikda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq omillar har yili 250 ming kishining umriga zomin bo‘ladi. Chunki, hozir uch milliarddan ortiq inson xuddi shunday ekologik murakkab mintaqalarda yashaydi.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"