O'zbekiston

Toshkent metrosining uch bekatida ish tartibi qisqartiriladi

Bu vaqtincha amalga oshiriladi.

Toshkent metrosining uch bekatida ish tartibi qisqartiriladi

 

Toshkent metrosi “Yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishining uch bekatida ish tartibi vaqtincha qisqartiriladi. Avvalroq “Yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha boʻlgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida, yoʻnalishdagi boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan oʻzaro bogʻlash ishlarini tashkillashtirilishi yuzasidan maʼlumot berilgan edi.

 

Rejadagi ishlarni amalga oshirish uchun 16-dekabrdan “Yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishining Texnopark (Doʻstlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari bilan birgalikda Tuzel (3-bekat) bekatida ham ish rejimi soat 06:00 dan 22:00 gacha tashkil etiladi.

 

Shuningdek, Olmos (4-bekat) bekatidan Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha boʻlgan bekatlar oraligʻida ish rejimi oʻzgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi.

 

Soat 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha Olmos—Quruvchilar bekatlari oraligʻida bir tomonlama (chelnok) poyezdlar harakati tashkil etiladi.

custom img

Toshkent aeroportida kannabis moyini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Yana bir holatda Toshkent tumanida harakatlanayotgan “Damas”dan 12 992 dona “Sibutramin” moddasi bo‘lgan kofe mahsuloti aniqlangan.

custom img

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Qo'mita savdo nuqtalarida o'quv qurollarini hamyonbop narxlarda xarid qilish uchun zarur sharoitlarni ta'minlash muhimligini bildirdi.

custom img

Toshkent viloyatida Cobalt Spark’ni yo‘ldan chiqarib yubordi: ota va o‘g‘il halok bo‘ldi

Hodisa joyidan qochgan Cobalt haydovchisi qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan shaxs jarimaga tortildi

Qoidabuzar o‘z qilmishi uchun uzr so‘ragan.

custom img

Turkiyada 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi shubhali pul o‘tkazmalari bo‘yicha tergov qilinmoqda

Ularning ayrimlari sud qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari esa deportatsiya markazida saqlanmoqda.

custom img

Prezident Xivadan Urganchga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

custom img

Mandat natijalari e’lon qilindi: 209 mingdan ortiq abituriyent talaba boʻldi

Bu yil oliy ta’limga qabulda davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, kontrakt bo‘yicha 93,7 ballni tashkil etdi.

custom img

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Ishchi guruh Toshkent IESdagi filtrlash tizimlarini modernizatsiya qilish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari yuzasidan tavsiyalar berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"