O'zbekiston

Kuchli shamolda Forish tumani hokimligi majlislar zalining tomi uchib ketdi

Tomning tunuka va taxtalari hokimlik avtoturargohida turgan 6 ta mashina ustiga tushib, shikastlagan.

Kuchli shamolda Forish tumani hokimligi majlislar zalining tomi uchib ketdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanida kuchli shamol hokimiyat binosining tomini uchirib ketgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

 

Tuman hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, hodisa bugun, 10 yanvar kuni soat 10:20 larda sodir bo‘lgan.

 

 

Shamol tezligi sekundiga 24 metrgacha kuchayib, aylanma shamol yuz bergan va Forish tuman hokimligi binosining katta majlislar zali tom qismini qo‘porib, pastga uloqtirgan.

 

Oqibatda shamol uchirgan tomning tunuka va taxtalari hokimiyat avtoturargohida bo‘lgan 6 ta mashina ustiga tushgan va ularga zarar yetkazgan.

 

 

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda tabiiy ofat tufayli ko‘rilgan talafotni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

 

custom img

Rossiyada og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik ayol uch farzandi bilan vatanga qaytarildi

Ayol 15 yildan ortiq vaqt davomida Rossiyada qonuniy maqomsiz yashab kelgan

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

custom img

Yarim yilda elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha 39 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga kuz-qish mavsumi boshlanishidan oldin takrorlanayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

custom img

Transport sanoatida yangi bosqich: “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday imkoniyatlarni ochdi?

Tadbir yakunida umumiy qiymati 714 milliard so‘mlik 10 mingdan ortiq davlat xaridlari shartnomalari hamda 90 dan ziyod hamkorlik memorandumlari imzolandi.

custom img

Alimentdan qarzdor ota makkajo‘xori dalasidan topildi

Maʼlumotlarga ko‘ra, qarzdor fuqaro hozirgi kunga qadar 37 million so‘m aliment pullarini to‘lamasdan qochib yurgan.

custom img

Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in chiqdi

Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Jazirama sabab Toshkentda minglab iste’molchilar elektrsiz qoldi

Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Sergeli va boshqa tumanlarda jami 8 250 iste’molchining elektr ta’minoti uzildi.

custom img

"Poytaxt Parking" XDP tanqidiga rasmiy munosabat bildirdi

Kompaniya o‘zini pulli avtoturargohlar operatori ekanini, jarimalar qo‘llamasligi va yig‘ilgan mablag‘lar shahar budjetiga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"