O'zbekiston

"Kapital sug‘urta" jarimaga tortildi va faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

AJning moliyaviy hisobotlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra, qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, 162 million so‘m miqdorida jarima solindi.

"Kapital sug‘urta" jarimaga tortildi va faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

 

"Kapital sug‘urta" AJning moliyaviy hisobotlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, natijada 162,0 million so‘m miqdorida jarima solindi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar qildi.

 

Bundan tashqari, "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi qonuni 47-moddasi, "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonuni 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan "Kapital sug‘urta" AJga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 22 noyabrdagi 049696-sonli litsenziya 2024 yil 11 yanvar sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.

 

"Kapital sug‘urta" AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish taʼqiqlanadi.

 

"Kapital sug‘urta" AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart, deyiladi agentlik xabarida.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

O‘zbekistonda ayrim dori yetkazib beruvchilar dorixonalardan buyurtma qilinmagan preparatlarni ham sotib olishni talab qilayotgani aytilmoqda.

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

Xorijdagi 817 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi va kompensatsiyalar bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, yaqin atrofdagi turar joylarga zarar yetkazdi.

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suv olish limitidan oshish, shartnomasiz yoki ruxsatnomasiz suv olish qoidabuzarlik hisoblanadi.