O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev YEI delegatsiyasini qabul qildi

Unda dolzarb mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev YEI delegatsiyasini qabul qildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

 

Suhbat avvalida Yevroittifoqning yuqori martabali vakili YEI va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan samimiy qutlab, davlat rahbariga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevrokengash raisi Sharl Mishelning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

YEI bilan ko‘p qirrali sheriklikni yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Keyingi yillarda hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning O‘zbekistonga tashrifi, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevroittifoq rahbarlarining ikkita uchrashuvi, o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 

YEI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi” amalga oshirilmoqda. “Markaziy Osiyo - YEI” birinchi sammitini O‘zbekistonda tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

 

Yanvar oyi oxirida Bryusselda ikki mintaqaning transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga qaratilgan yirik Investorlar forumi bo‘lib o‘tadi.

 

O‘zbekiston va YEI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo jadal o‘sib bormoqda, o‘tgan yili uning hajmi 30 foizga oshdi.

 

Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yuqori texnologik tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. YEIning O‘zbekiston uchun savdo preferensiyalari amal qilish muddati uzaytirildi.

 

Dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

custom img

Ko‘chmas mulk va transport sotuvida hisob-kitoblar endilikda naqdsiz shaklda amalga oshiriladi

1 apreldan ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari taraflar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha banklar tomonidan taqdim etilgan elektron ma’lumotlar asosida tasdiqlanadi.

custom img

Soxta xayriya orqali terrorizmni moliyalashtirish holatlari aniqlandi

Buxoroda fuqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali xayriya mablag‘lari yig‘ib, ularni ekstremistik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirgani fosh etildi.

custom img

Jizzaxda haydovchi eshakni mashinada sudradi

Holat yuzasidan haydovchiga qonuniy chora ko‘rildi.

custom img

Toshkentda FVB xodimi olgan porasini qaytarayotgan paytda ushlandi

Xodim xususiy klinikaning yong‘inga qarshi holati bo‘yicha ijobiy xulosa berishni va’da qilib, 6,5 million so‘m olgan.

custom img

O‘zbekiston hududidagi gidroelektr stansiyalar soni 100 tadan oshdi

Gidroelektr stansiyalarda ishlab chiqarish quvvati 800 megavattga oshirilib, umumiy quvvat 2 400 megavattga yetkazildi.

custom img

Toshkentda “Aqlli bekatlar” o‘rnatiladi

Yangi bekatlarda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus kutish joyi tashkil etiladi, yo‘lovchilar uchun qulayliklar kengaytiriladi.

custom img

O‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston tomonidan yuborilgan gumanitar yuklar oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy vositalardan iborat bo‘lib, ular Eronning Daragaz shahrida rasmiylarga topshirildi.

custom img

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel xavfi e'lon qilindi

Yomgʻir suvlari baʼzi hududlarda suv toshishiga olib kelishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Shavkat Mirziyoyev YEI delegatsiyasini qabul qildi