Qashqadaryoda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi
Hozirda u tergov qilinmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida maktab o‘quvchisi uni maktabda o‘qituvchi kaltaklagani haqida murojaat qilib chiqqandi.
Uning aytishicha, u o‘qiydigan 55-sonli maktabda informatika darsida o‘tirgan vaqtida o‘qituvchi o‘rtog‘ini haqorat qilganligini ko‘rib, ustoz hammani oldida to‘g‘ri ish qilmadingiz, deb aytgan. Ammo, o‘qituvchi uni haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazgan.
Kitob tuman Tibbiyot birlashmasi Sh.T.B.Yo maʼlumotnomasida o‘quvchining tanasida bosh miya chayqalishi, boshning yuqori tepa yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, burun sohasi yumshoq to‘qimalaring lat yeyishi ko‘rinishidagi tan jarohatlari aniqlanganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.







