O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlandi

Prezidentni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlandi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga samarali uchrashuvlar va erishilgan kelishuvlarga boy bo‘lgan davlat tashrifi o‘z yakuniga yetdi.

 

Davlat rahbari 24 yanvar kuni Pekin shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi. So‘ng yetakchilar Qo‘shma bayonot qabul qildilar, ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

 

Tashrifning birinchi kunida ushbu mamlakat Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan va Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Chjao Leszi bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, CNPC va CITIC korporatsiyalari, Xitoy Eksport-import banki rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

 

Davlat tashrifining ikkinchi kuni Xitoyning innovatsiyalar poytaxti – Shenchjen shahrida ishbilarmonlik tadbirlari bayrog‘i ostida o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan hududlararo aloqalarni muhokama qildi.

 

Mamlakat yetakchisi Xitoy yirik biznesining 600 dan ziyod vakillarini yig‘gan qo‘shma Investitsiya forumida ishtirok etdi hamda Ipak yo‘li fondi, “SANY” va “CSG” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

 

Global elektomobillar bozori peshqadami – “BYD” kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, davlatimiz rahbari Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarishga start berdi.

 

Shu bilan Xitoyga davlat tashrifi dasturidagi tadbirlar yakunlandi.

 

Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"