Sport

“Endi klub o‘z kelajagini rejalashtirishi mumkin”

Klopp nega “Liverpul”dan ketmoqchi?

“Endi klub o‘z kelajagini rejalashtirishi mumkin”

 

Ehtimol, Klopning ingliz klubidan ketishi yilning eng muhim yangiliklaridan biri bo‘lishi mumkin.

 

Biz murabbiyning kelajagi haqidagi gaplarini to‘liq tarjima qildik.

 

“Mavsum oxirida klubni tark etishga qaror qildim. Ko‘pchilik buni birinchi marta eshitganda, hayratlanarli tuyuladi. Lekin, men buni tushuntira olaman. Menga bu klub borasidagi hamma narsa yoqimli. Bu shaharni yaxshi ko‘raman. Men muxlislarni, jamoani, barcha xodimlarni yaxshi ko‘raman. Menda energiya yo‘q. Men bu ishni qayta-qayta bajara olmayman. Hozir menda hech qanday muammo yo‘q, lekin ertami-kechmi buni eʼlon qilishim kerakligini bilardim. Men sog‘lomman tashvishlanadigan hech narsa yo‘q. Noyabr oyida klubga qaror haqida aytgandim. Shu o‘rinda endi odamlarga qanday ish bilan shug‘ullanishimni biroz tushuntirishim kerak. Mavsum boshlanmoqda va siz ko‘p narsalarni rejalashtiryapsiz: rahbariyat bilan yozda bo‘lajak transferlar, qayerga borishimiz mumkinligi va yana ko‘p narsalarni muhokama qildik.

 

O‘tgan mavsum juda qiyin bo‘ldi. Balki, boshqa klubda bo‘lganimda meni ishdan olishardi, lekin bu yerda unday bo‘lmadi. Men uchun jamoani kurashga qaytarish juda muhim edi. Bu haqda o‘ylaganimda, menda shunday fikrlar paydo bo‘ldi: bu jamoada katta imkoniyatlar bor, bu yerda zo‘r futbolchilar bor, lekin... Men o‘zim haqimda o‘ylashni to‘xtata olmadim. Bu o‘zim xohlagan narsa emas edi.

 

Boshqa vaqtda mavsum oxirigacha hech kimga hech narsa demagan bo‘lardim. Men g‘alaba qozonib, keyin ketayotganimni eʼlon qilardim. Ammo, bizda bu mumkin emas - bunday qarorlarni sir saqlab bo‘lmaydi. Bunga ko‘p narsa taʼsir qildi, ayniqsa mening shaxsiy holatim. Odamlar, jamoa, klub - bu haqda hamma oldindan bilishi kerak. Ular nimanidir rejalashtirishlari kerak, klubga vaqt kerak. Ishonchim komilki, agar siz bunday qaror qabul qilishingiz kerak bo‘lsa, buni oldindan qilish yaxshiroqdir. Agar keyingi mavsum sentyabrda men buni endi qila olmasligimni tushunganimda, vaziyat ancha yomon bo‘lardi. Shuning uchun, buni imkon qadar erta qaror qilish muhim edi.

 

«Borussiya»da ham xuddi shunday holat bo‘lgan. Natijalarimiz faqat o‘zimizga bog‘liq. Balki, bu eʼlondan keyin matbuot anjumani o‘tkazarmiz, lekin keyin 100% mavsumga sho‘ng‘ib ketaman. Bizda kurashadigan narsa bor. Men har doim aytganman va ayniqsa hozir takrorlash juda muhim: faqat men tufayli hech narsa sodir bo‘lmaydi. Biz bir-birimizni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz, men shu yerdaman. O‘ylaymanki, men bu qarorni ancha oldin qabul qilgan bo‘lsam ham, so‘nggi oylarda hech kim hech qanday o‘zgarishlarni sezmagan.

 

Men uchun bu qiyin edi. Lekin bu yengillik bo‘ldi. Men o‘zim uchun marra chizig‘ini chizdim va endi keyingi o‘yinlarga eʼtibor qaratishni xohlayman. Jamoani o‘yinlardan chalg‘itishiga hech qanday yo‘l qo‘ymayman. Umid qilamanki, bu sodir bo‘lmaydi. Ishonchim komilki, futbolchilar yaxshi holatda bo‘lishadi.

 

Klub ishonchli qo‘llarda va kelajagi porloq. Shu sababdan hech qanday energiyasiz bu ishlarni qilishim adolatdan bo‘lmaydi.

 

Mening kareramga nazar tashlasangiz, buni imkonsiz deb o‘ylashingiz mumkin. Kichik klubdan Liverpulga o‘tish - bu ertak. 

 

Yillar davomida biz boshqaruv tizimi bilan aql bovar qilmaydigan munosabatlar o‘rnatdik. Rahbariyat bu qarorni shunchaki qabul qildi. Hech kim bundan xursand emas edi, lekin men ham baxtli emasman.

“Endi klub o‘z kelajagini rejalashtirishi mumkin” | Zamon.uz