O'zbekiston

O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida 5 pog‘onaga yuqoriladi

Unda 180 ta davlat ishtirok etdi.

O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida 5 pog‘onaga yuqoriladi

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2023 yil natijalari e’lon qilindi.  

 

Unda 180 ta davlat orasida O‘zbekiston 33 ball bilan 121-o‘rinni egalladi. Mamlakat ballarini ikkitaga oshirib, reytingdagi o‘rnini 5 pog‘onaga yaxshilashga erishdi. 

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibining qayd etishicha, O‘zbekiston mazkur indeksda so‘nggi 7 yil davomida o‘sish sur’atlarini qayd etayotgan (2017 yilda 22 baldan 2023 yilda 33 ballgacha) davlat sifatida e’tirof etilgan. 

 

Bu boradagi ijobiy o‘zgarishlar sifatida normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan turli aksilkorrupsiyaviy tartib-taomillarning ishlab chiqilgani, vazirlik va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlari samarali joriy etilgani qayd etilgan. 

 

Shuningdek, korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralari qo‘llanilgani ham alohida ta’kidlangan.

 

Markaziy Osiyo davlatlaridan

 

Qozog‘iston 93-o‘rinda (3 pog‘ona yuqorilagan),

Qirg‘iziston 141-o‘rinda (1 pog‘ona pastlagan),

Tojikiston 162-o‘rinda (4 pog‘ona pastlagan),

Afg‘oniston 162-o‘rinda (4 pog‘ona pastlagan),

Turkmaniston 170-o‘rinda (1 pog‘ona pastlagan) qayd etilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida 5 pog‘onaga yuqoriladi | Zamon.uz