O'zbekiston

DXX raisi Abdusalom Azizov Tolibon Mudofaa vaziri Muhammad Yoqub bilan uchrashdi

Tomonlar chegara, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy va tranzit hamkorlikni rivojlantirish hamda boshqa masalalarni muhokama qilgan.

DXX raisi Abdusalom Azizov Tolibon Mudofaa vaziri Muhammad Yoqub bilan uchrashdi

 

Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Afg‘onistonga tashrifi doirasida ushbu mamlakat mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashdi. Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Tomonlar «chegara masalalari, ikki tomonlama va iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, transport sohasida hamkorlik» masalalarini muhokama qildi.

 

"O‘tgan yil davomida biz mamlakat chegaralarini mustahkamladik va ularni yana-da mustahkamlash tarafdorimiz", — dedi Muhammad Yoqub.

 

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub mamlakat mudofaa va xavfsizlik kuchlari barcha sohalarda rivojlanish loyihalarini amalga oshirishda har qanday hamkorlik va ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini taʼkidladi.

 

Oktyabr oyi oxirida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurgandi. Tomonlar tovar ayirboshlash hajmini yiliga 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi. "Tolibon", shuningdek, Afg‘oniston yuklarining O‘zbekiston orqali tranziti uchun to‘lovlarni kamaytirishni so‘ragan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

DXX raisi Abdusalom Azizov Tolibon Mudofaa vaziri Muhammad Yoqub bilan uchrashdi | Zamon.uz