O'zbekiston

Madaniy meros obyektlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun liftlar o‘rnatiladi

Shuningdek, sayohat davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamrohlik qiluvchilar rag‘batlantiriladi.

Madaniy meros obyektlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun liftlar o‘rnatiladi

 

Bu haqda Turizm qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Munisaxon Asilxo‘jayeva maʼlum qildi.

 

✅ Shuningdek, barcha turizm obyektlari va joylashtirish vositalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

 

✅ nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘siqsiz sayohat qilishlari uchun respublikamizda yaratilgan imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish orqali ularning xabardorligini oshirish;

 

✅ turizm industriyasi obyektlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yana-da oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

 

⚡️ 2024 yildan boshlab:

 

🔵madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlarida ularga shikast yetkazmagan holda pandus, plintus va liftlar hamda ko‘zi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan o‘lchamdagi maketlari o‘rnatiladi va ular to‘g‘risida Brayl alifbosidagi maʼlumotlar joylashtiriladi.

 

2024 yildan boshlab:

— madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlarida ularga shikast yetkazmagan holda pandus, plintus va liftlar hamda ko‘zi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan o‘lchamdagi maketlari o‘rnatiladi va ular to‘g‘risida Brayl alifbosidagi maʼlumotlar joylashtiriladi;

 

— temir yo‘l va jamoat transportlarida hamda barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda ularga egalik qiladigan tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar, maxsus ko‘tarilish panduslari va qulay zina tutqichlari o‘rnatiladi hamda kema aravachalari (nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus aravacha) qo‘yiladi;

 

 2027 yil 1 yanvarga qadar Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming so‘mdan oshmagan qismi;

 

eshitish qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

 

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmonxonaning kamida uchta xonasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlanganda, har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

 

yulduzli toifadagi mehmonxonalarga — 2 million so‘m;

 

yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga — 1 million so‘m.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Madaniy meros obyektlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun liftlar o‘rnatiladi | Zamon.uz