Samarqandda Neksiya yonib ketdi
Hodisa yoqilg‘i tarqatish shxobchasida sodir bo‘lgan.

Bugun, 3-fevral kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida Neksiya avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Holat Oqdaryo tumani Dahbed mahallasida joylashgan MCHJga qarashli ko‘p tarmoqli yoqilg‘i tarqatish shoxobchasida sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:16 da yetib borib, yong‘in soat 18:28 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Neksiya rusumli avtomobil va yoqilg‘i tarqatish shoxobchasining 1 ta kalonkasi qisman yonib zararlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.







