O'zbekiston

Nosozliklar ham odatga aylandi: metroning "Amir Temur xiyoboni" bekatida yana poyezd to‘xtab qoldi

“Toshkent metropoliteni” doimgidek uzr so‘rash bilan kifoyalandi.

Nosozliklar ham odatga aylandi: metroning "Amir Temur xiyoboni" bekatida yana poyezd to‘xtab qoldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda "Amir Temur xiyoboni bekatida poyezd ishlamay qoldi" mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 2024-yilning 7-fevral kuni soat 08:55 larda Chilonzor yo‘nalishining "Hamid Olimjon — Amir Temur xiyoboni" peregonida harakatlanayotgan 10-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Buning oqibatida, ushbu harakat tarkibi 3 daqiqa vaqt davomida harakatlana olmagan. Shu sababli ortdan kelayotgan 4-sonli harakat tarkibi bilan tirkamaga olingan holda harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagi tomon yuborilgan.

 

"Hozirgi vaqtda yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz", — deyiladi munosabatda.

 

Bu metrodagi nosozliklarning birinchisi emas: 17 yanvar kuni “Kosmonavtlar” metro bekatiga kirib kelgan harakat tarkibining vagon elektr qismida texnik nosozlik holati kuzatilib, kichik yong‘in chiqqandi.

 

15-yanvarda “Do‘stlik” bekatidan harakatlanayotgan poyezdning 4-vagonidagi elektr bilan taʼminlovchi himoya avtomatida texnik nosozlik kuzatilib, vagonning asosiy yoritish chiroqlari o‘chib qolgandi.

 

7-yanvarda esa “Yunus Rajabiy” bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan poyezd vagonlaridan biri tutab ketgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Nosozliklar ham odatga aylandi: metroning "Amir Temur xiyoboni" bekatida yana poyezd to‘xtab qoldi | Zamon.uz