Siyosat

BAAda o‘zbek tili o‘rgatilishi mumkin

O‘zbekiston bosh konsuli BAA Madaniyat vazirligining Dubaydagi boshqarmasi vakili bilan uchrashdi.

BAAda o‘zbek tili o‘rgatilishi mumkin

 

 Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) yirik kutubxonalar va taʼlim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish loyihasi yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

 

O‘zbekiston bosh konsuli Kamol Ikromov BAA Madaniyat vazirligining Dubaydagi boshqarmasi vakili Anvar G‘olam Muhammad Abdulloh bilan uchrashdi.

 

Qayd etilishicha, muloqot davomida BBAda o‘zbek madaniyati markazlarini ochish, birgalikda madaniy tadbirlar tashkil etish, shuningdek, o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar BAAdagi yirik kutubxonalar va taʼlim muassasalarida O‘zbekiston bo‘limlarini ochish va kelajakda o‘zbek tilini o‘qitish loyihasini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ham muhokama qilishdi.

 

“Uchrashuv yakunida Bosh konsulxona tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining ilmiy markazlari, universitet va yirik kutubxonalari ilmiy bazasini boyitish maqsadida o‘zbek tilidagi adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.