Siyosat

Prezidentlar Mirziyoyev va Lukashenko tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

Davlat rahbarlari ko‘plab sohalarda kelishuvga erishdi.

Prezidentlar Mirziyoyev va Lukashenko tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar. 

 

Davlatimiz rahbari uchrashuvni ochar ekan, keyingi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar sifat jihatidan yangi, yana-da yuqori bosqichga ko‘tarilganini alohida taʼkidladi.

 

Belarus Prezidentining ushbu tashrifiga tayyorgarlik doirasida qator tadbirlar, shu jumladan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, hududlar, rektorlar, tibbiyot xodimlari forumlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 

Hukumat rahbarlari, parlamentlar, vazirlik va hududlar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

 

Tomonlar xalqaro tuzilmalar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH, SHHT doirasidagi siyosiy muloqot va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga ahdlashib oldilar.

 

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi.

 

Uchrashuvlar yakunida qabul qilingan qarorlar va imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

custom img

Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot”: Saida Mirziyoyeva BMTda nutq so‘zladi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTda Afg‘oniston, Orolbo‘yi, ekologiya, bolalar huquqlari, sun’iy intellekt va ayollar huquqlarigacha bo‘lgan qator dolzarb masalalarga to‘xtaldi.

custom img

“Bizga qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqida O‘zbekiston kelgusi yili Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi

custom img

Transport va tibbiyot loyihalari: Saida Mirziyoyeva DFC rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefonda gaplashdi

O'zbekiston rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi.

custom img

BMT bilan 166 ta qo‘shma loyiha: Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlik kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikka e’tibor qaratildi.

custom img

Rossiyadagi saylovlar: Shavkat Mirziyoyev Putinga tabrik maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyadagi saylovlar mamlakat jamiyatining siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini namoyon etganini ta’kidladi.

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"