Qozog‘istondagi loy ko‘chkisi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Ko‘chki yer osti suv quvurining yorilib ketishi tufayli sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Qozog‘istonning Olmaota shahrida loy ko‘chkisi uylarni bosib qoldi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi, jumladan, ikki bola vayronalar ostida qolib ketgan edi.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, ularning barchasi halok bo‘lgan va jasadlari vayronalar ostidan olib chiqilgan. Ushbu hududda binolar juda zich joylashgani bois qo‘shni uylar aholisi ham evakuatsiya qilingan.
Favqulodda vaziyatlar xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, ko‘chki yer osti suv quvurining yorilib ketishi tufayli sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hokimlik hodisa sabalari bilan birgalikda hududdagi binolar qurilish ishlarining qonuniyligi yuzasidan ham tekshiruv o‘tkazishini maʼlum qildi.







