O'zbekiston

Soch nega tez-tez va ko‘p to‘kiladi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Soch nega tez-tez va ko‘p to‘kiladi?

 

Bugun aksariyat insonlar soch to‘kilishidan qiynaladi. Maʼlumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda ayollarning 75 foizi, erkaklarning 50 foizi aynan shu muammodan aziyat chekmoqda. Xo‘sh, sochlar tez-tez va ko‘p to‘kilishining asosiy sababi nima?

 

— Soch – insonning yarim husni. Biroq uning birlamchi vazifasi chiroy ulashish emas, balki issiq yoki sovuq havodan asrash, — deydi mutaxassis. — Ammo shunga qaramay, sochlarni doim ham saqlab qolishning imkoni yo‘q. Chunki tolalarning muayyan umri bor va bu muddat tugagach, ularning to‘kilishi, tabiiy.

 

Mazkur jarayon muntazam davom etib, to‘kilgan sochlar o‘rniga yangilari o‘sib chiqishi kerak. Misol uchun, bir kunda o‘rtacha 80-100 tagacha tola to‘kilishi meʼyordir.

 

Ushbu jarayon tezlashib, yangi tolalar o‘sib chiqishi kamaysa, o‘z-o‘zidan xavotirlanishga sabab bo‘ladi. Tolalarni to‘kadigan omillar juda ko‘p. Eng avvalo, bu irsiyat bilan bog‘liq. Agar ota-onalardan birida bunday muammo bo‘lsa, u farzandga ham o‘tishi mumkin.

 

Shuningdek, baʼzida soch o‘choqli, yaʼni tanga-tanga bo‘lib to‘kilishi yoki umumiy siyraklashishi mumkin. Ayrim erkaklarda esa androgen alopetsiya (tepakallik) uchraydi. Bunday kasallik gormonlar faoliyati buzilishi hamda irsiyat bilan bog‘liq.

 

Tangali soch to‘kilishi yo‘ldosh kasalliklar hisobiga yuz berishi, gemoglabin kamayganda, homiladorlikda, narkoz olishda va asabiylashganda kuzatilishi mumkin.

 

Surunkali infeksiyalar, sil, o‘sma kasalliklari, nurlanish, stress, kasb bilan bog‘liq noqulay sharoitlar, noto‘g‘ri parvarish, vitamin va boshqa muhim moddalarning yetishmasligi, ayrim dorilarni qabul qilish hamda oshqozon-ichak traktining patologiyalari ham ushbu muammoni yuzaga chiqaradi.

 

Soch to‘kilishi kishida tushkunlik uyg‘otadi, o‘zidan qoniqmaslik, tortinish hissini kuchaytiradi. Shu bois kishi o‘zida tez-tez soch to‘kilayotganini sezsa, dermatolog-shifokorga murojaat qilishi lozim.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Soch nega tez-tez va ko‘p to‘kiladi? | Zamon.uz