O'zbekiston

Prezident aviatsiya sohasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Joriy yilda reyslar soni 20 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.

Prezident aviatsiya sohasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev aviatsiya sohasidagi davlat korxonalari transformatsiyasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

 

So‘nggi yillarda aviatsiya xizmatlari bozorida xususiy sektorga keng yo‘l ochildi. Aviakompaniyalar soni 15 taga, jumladan, xususiylari 10 taga yetdi. O‘tgan yilning o‘zida 28 ta yangi samolyot olib kelindi. Bularning natijasida oxirgi yetti yilda reyslar 2 barobar ko‘paygan. Samarqand aeroporti xususiy sheriklikka berilgani hisobiga yo‘lovchi oqimi 4 karra oshib, 1 millionga yetgan.

 

Shunga qaramasdan, o‘tgan yili aviatsiya xizmatlari hajmi bor-yo‘g‘i 11,6 foiz o‘sgan. Mamlakat strategiyasida 2030 yilga qadar aviaqatnovlar sonini 4 karra oshirish rejalashtirilgan. Unga erishish uchun sohada yillik o‘sish surʼatlari 20 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.

 

Bu infratuzilma, boshqaruv, narx va sifat borasida tizimli ishlarni talab etadi. Yurtimizda avia chiptalar narxi nisbatan qimmat. Ham hududiy, ham xorijiy reyslar soni talabga qaraganda kam. Parvozlarning asosiy qismi haligacha Toshkent va Samarqand aeroportlariga to‘g‘ri keladi. Aeroportlarda havo kemalari va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari cheklangan, qo‘shimcha xizmatlardan daromad jami tushumning bor-yo‘g‘i 7 foizini tashkil qiladi. Toshkent, Navoiy, Namangan aeroportlari tranzit salohiyati to‘liq ishga solinmayapti.

 

Taqdimotda “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airrorts” aksiyadorlik jamiyatlarida transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish, xizmat turlari va daromadni ko‘paytirish bo‘yicha joriy yilgi rejalar bayon qilindi.

 

Xususan, milliy aviakompaniyaga xalqaro kredit reytingini olib, uni “IPO”ga chiqarish jarayoni boshlanadi. Buxoro, Namangan, Urganch va Andijon aeroportlari xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilinadi. Joriy yilda reyslar soni 20 foizga oshiriladi.

 

Sohada xarajatlarni 20 foizga qisqartirish choralari ko‘riladi. Yoqilg‘i sarfi yuqori bo‘lgan eski samolyotlar sotilib, zamonaviy va tejamkor havo kemalari olib kelinadi. 72 ta yo‘nalish bo‘yicha optimal parvozlar marshrutini tanlash orqali yoqilg‘i sarfi sezilarli kamaytiriladi. Foydalanilmayotgan va daromad keltirmayotgan aktivlar sotuvga chiqariladi.

 

Mutasaddilarga xarajatlarni qisqartirish dasturini tasdiqlab, xizmatlar raqobatdoshligini oshirish, xususiy sheriklik loyihalarini tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Aeroportlarda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘paytirish, Navoiy aeroportida samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishni rivojlantirib, uning salohiyatini to‘liq ishga solish zarurligi taʼkidlandi.

 

Davlat aviakompaniyalariga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, kadrlar tayyorlashni yaxshilash masalalari ham aytib o‘tildi. 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident aviatsiya sohasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi | Zamon.uz