O'zbekiston

Farg‘onada elektrni talon-taroj qilganlar ushlandi

Oqibatda davlatga 1 mlrddan ortiq zarar yetkazilgan.

Farg‘onada elektrni talon-taroj qilganlar ushlandi

 

Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 1 mlrd 329 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan noqonuniy maynerlar aniqlandi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda “O‘zenergoinspeksiya” bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

 

Jumladan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z qarindoshining yashash xonadonida 10 ta "Bitmain Antminer" rusumli mayning qurilmalarini elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, 2021-2024 yillar davomida mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelishi natijasida, davlat manfaatlariga 638 mln. 274 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

 

Farg‘ona shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan shaxsning xonadonida 11 dona, quvvati 14,85 kilovatt bo‘lgan “Antminer” rusumli mayning qurilmalari yashirin ravishda elektr tarmog‘iga ulanib, 320 mln 118 ming so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

 

Boshqa holatda esa Farg‘ona shahrida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli xonadon ko‘zdan kechirilganda 6 dona, quvvati 12,4 kilovatt bo‘lgan “Antminer” rusumli mayning qurilmalari elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, elektr taʼminoti korxonasiga 293 mln 284 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

 

Yana bir holatda Farg‘ona shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining onasiga tegishli xonadonda kriptovalyuta ishlab chiqarish faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanib, “Antminer” rusumli 3 dona mayning qurilmalaridan foydalanishi natijasida, elektr energiyasi bo‘yicha davlat manfaatlariga 77 mln. 585 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

 

Aniqlangan ushbu holatlarda davlatga yetkazilgan zarar jami 1 mlrd 329 mln 261 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada elektrni talon-taroj qilganlar ushlandi | Zamon.uz