Kuchli o'rmon yong'inlari Texasni qamrab oldi
Bir qancha aholi punktlari evakuatsiya qilingan.

Texasning bir qancha tumanlarida kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Bu haqda davlat o‘rmon xo‘jaligi xizmati xabar berdi.
Eng yirik yong‘in Texas shimolidagi Xatchinson okrugida sodir bo‘ldi. U yerda yong'in 1011 kvadrat kilometr maydonni zarar yetkazgan. Natijada hududdagi bir qancha aholi punktlari evakuatsiya qilingan.
Shuningdek, Grey okrugi bo'ylab yana bir yong'in tarqalmoqda. Uning maydoni taxminan 121 kvadrat kilometr. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.







