Abdusattorov yosh shaxmatchilar reytingida birinchi o‘ringa chiqdi
U hindistonlik Gukesh Dommaradjuni ortda qoldirgan.

FIDE mart oyi uchun reytinglarni yangiladi. Unga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov dunyodagi yosh shaxmatchilar (Juniors) reytingida peshqadamga aylandi.
U hindistonlik Gukesh Dommaradjuni ortda qoldirib, yoshlar o‘rtasidagi reytingni boshqarib bormoqda.
Yana bir shaxmatchi Javohir Sindarov reytingda beshinchi o‘rinda bormoqda.







