O'zbekiston

Sirdaryo hokimligi radarlar uchun yana pul ajratmoqda

Viloyat hokimining pul ajratish bo‘yicha uch farmoyishi e’lon qilindi.

Sirdaryo hokimligi radarlar uchun yana pul ajratmoqda

 

2023 yil Guliston shahrida o‘tkazilgan Xalqaro baxshichilik festivali xarajatlarini qoplash uchun viloyat mahalliy byudjeti hisobidan 1 milliard so‘m berilishi ma’lum qilingan.

 

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyevning 1 mart kuni pul ajratish bo‘yicha uch farmoyishi e’lon qilindi. Pullar festival, turli tadbirlar va radarlar xarajatiga sarflanadi. 

 

Birinchi hujjatga ko'ra, 2023 yil 6-8 may kunlari Guliston shahrida o‘tkazilgan Xalqaro baxshichilik festivali xarajatlarini qoplash uchun viloyat mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan bir milliard so‘m berilishi ma’lum qilingan. Pullar Madaniyat vazirligi huzuridagi "Xalqaro festivallar direksiyasi"ga beriladi. 

 

Tuman(shahar)larda fuqarolar tashabbusini shakllantiruvchi tadbirlarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablag‘laridan 5 mlrd. so‘m beriladi. Pullar Sirdaryo viloyatining 11 tumaniga taqsimlanadi. Jumladan, Guliston shahriga 502 million, Shirin shahriga 146 million so‘m, Boyovut tumaniga 816 million so‘m, Sirdaryo shahriga 795 million so‘m ajratiladi. 

 

Uchinchi farmoyishga ko‘ra, viloyatda yo‘l qoidalari buzilishini maxsus qayd etuvchi foto va video dasturiy-texnik vositalarni xarid qilish xarajatlari uchun 3 mlrd. so‘m beriladi.

 

Sirdaryo hokimi bir kun avval ham mablag‘ ajratish bo‘yicha uchta farmoyish chiqargandi.

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Poytaxtda 27–30-noyabr kunlari kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.