28 nafar iqtidorli qiz Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
“Aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin”, - deyiladi qaror matnida.
Taqdirlanganlar 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.
Shuningdek, Zulfiya mukofoti sovrindorlarining har biriga BHMning 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.







