O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda erkak maktabga bolta ko‘tarib keldi

Uni Milliy gvardiya qorovul xodimi to‘xtatib qolgan.

Qoraqalpog‘istonda erkak maktabga bolta ko‘tarib keldi

 

Joriy yilning 4 mart kuni soat 15:40larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Dao‘ir” mahallasida  joylashgan 4-sonli maktabda, yangi joriy qilingan tizimda xizmat o‘tayotgan Milliy gvardiyaning qorovul xodimi tomonidan maktabga mast holda qo‘lida bolta bilan kelgan fuqaro to‘xtatib qolindi.

 

Ushbu fuqaro maktabning kirish joyida xizmat o‘tayotgan qorovul xodimining begonalarni maktab ichkarisiga kiritmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirishiga va talablariga bo‘ysunmasdan, kurtkasi ichidan bolta chiqarib janjal ko‘tarib turgan bir paytda “tashvish” xabari asosida chaqirilgan va yetib kelgan tuman qo‘riqlash xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Olib borilgan dastlabki o‘rganishlar davomida ushbu fuqaro, Taxtako‘pir tumanida yashovchi 45 yoshli fuqaro S.D. ekani, mazkur maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydigan turmush o‘rtog‘i R.B.ni ko‘rishga kelgani va gaplashib ketmoqchi bo‘lgani, qo‘lidagi boltani esa o‘tin chopish oldidan o‘tkirlatishga olib chiqqanligini maʼlum qilgan.

 

 Fuqaro S.D. tezkor guruh xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot bo‘limiga olib borilib, spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi bo‘yicha maʼlumoti olingandan so‘ng, tuman IIB profilaktika inspektori bilan birga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan holda, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mastlik holati bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga yotqizilgan.  

 

Hozirda holat yuzasidan Taxtako‘pir tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.