O'zbekiston

Samarqandda 10 yil farzand kutgan oilada to‘rt nafar egizak tug‘ildi

Egizaklarning bir nafari qiz, uch nafar o‘g‘il bola.

Samarqandda 10 yil farzand kutgan oilada to‘rt nafar egizak tug‘ildi

 

Samarqandda 10 yil farzand kutgan oila to‘rt nafar farzandli bo‘ldi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

 

29 yoshli ayol Respublika ixtisoslashgan ona va bola ilmiy-amaliy markazi Samarqand viloyati boshqarmasi filialida ilk tug‘uruqda 4 nafar egizak farzandni dunyoga keltirgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, egiz farzand ko‘rgan Munisa Bekmirzayeva va Farrux Po‘latovlar oilasi 10 yil farzand kutishgan.

 

Bolalarning bir nafari qiz, uch nafari o‘g‘il bola. Hozirda ona va bolalarning umumiy ahvoli qoniqarli. Shifokorlar tomonidan ularga barcha zaruriy yordam berilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"