Siyosat

O‘zbekiston va BAA yetakchilari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladilar

Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston va BAA yetakchilari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladilar

 



Davlatimiz rahbari Prezident Shayx Muhammad Ol Nahayonni tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, do‘st Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

 

Ikki mamlakat yetakchilari butun musulmon olami uchun muqaddas bo‘lgan muborak Ramazon oyining boshlangani bilan ham bir-birini samimiy tabrikladilar.

 

O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik bugungi kunda yuksak darajaga chiqqani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

2023 yil yakuniga ko‘ra o‘zaro savdo hajmi 20 foizga oshdi. O‘zbekistonda Amirliklar sarmoyasi ishtirokida 300 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshdi. Bundan tashqari, yuqori texnologiyalar, energetika, geologiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, IT, infratuzilma, logistika va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.

 

Tomonlar amaliy hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda faollashtirishga tayyor ekanini tasdiqladilar. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.