Ukraina — Rossiya urushi Koreya va KXDRni yirik qurol eksportyorlariga aylantirdi
Pxenyan Moskvaga, Seul — Kiyev ittifoqchilariga qurol yetkazib bermoqda.

Bu davlatlar Ukraina qurolli kuchlariga yordam bergani evaziga o‘z zaxiralarini to‘ldirib olmoqda.
Rossiya shimoliy koreyaliklarning qurollarini sotib olayotgani to‘g‘risidagi ilk xabarlar 2023 yil kuzida paydo bo‘lgandi. Janubiy Koreya mudofaa vaziri Sin Von Sik tasdiqlashicha, Rossiya Shimoliy Koreyadan harbiy maqsaddagi yuklar, jumladan raketalar, snaryadlar va patronlar ortilgan kamida 5,5 ming konteyner qabul qilib olgan.
Ammo Yevropaga qurollarni nafaqat KXDR, balki Janubiy Koreya ham yetkazib bermoqda. 2022 yilda Seul 17 milliard yevrolik qurol sotgan, shundan 13 milliard dollarni Polsha sotib olgan. Varshava K-2 tankari, 155-millimetr kalibrli K-9 o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, FA-50 rusumli yengil o‘quv-jangovar samolyotlar hamda K239 baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarini qabul qilib olgan. Bu texnikalarning bir qismi Polsha Ukrainaga bergan qurollar o‘rnini egallagan. 2023 yilda esa Seul Varshavaga 20 milliard yevrolik qurol-yarog‘ sotdi.







