O'zbekiston

Qidiruvdagi erkak uyining yerto‘lasidan topildi

Fuqaro 2 yil oldin qidiruvga berilgan.

Qidiruvdagi erkak uyining yerto‘lasidan topildi



Surxondaryoda 3 nafar farzandiga aliment to‘lamaganligi uchun ikki yil oldin qidiruvga berilgan ota o‘z xonadonining yerto‘la qismidan topildi, deya xabar bermoqda Surxondaryo MIB Matbuot xizmati.

 

Aniqlanishicha, Angor tumanida yashovchi fuqaro f.m. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgandan so‘ng, 2019 yil yanvar oyidagi sud buyrug‘iga asosan voyaga yetmagan 3 nafar farzandiga aliment to‘lashi belgilangan. Hozirgi kunga qadar qarzdor ota aliment to‘lashdan bosh tortib kelgan.

 

MIB Angor tuman bo‘limi davlat ijrochisi qarzdorning yashash manziliga borib, yaqinlariga ijro ishi haqida tushuntirish bergan. Xonadondagi qoramolni xatlovga olish jarayonida qoramoldan ayrilishni istamagan xonadon egalari qarzdor uyning yerto‘lasiga yashirinib olganini aytishgan.

 

Qarzdor ota ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudida ko‘rib chiqilib, unga 51 mln so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi sabab 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Sud ishlariga aralashuv: mansabdorlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

O‘zbekistonda sud ishlariga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

custom img

Qamchiq dovonidagi kutilmagan sarguzasht: yo‘lini yo‘qotgan 17 kishiga yordam berildi

Fuqarolar yashash manzillariga sog‘-salomat yetkazilgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seulga keldi

O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"