O'zbekiston

Toshkentda 22 yoshli ayol o‘z tengdoshlarini sotib yubormoqchi bo‘ldi

U tezkor tadbirda qo‘lga tushgan.

Toshkentda 22 yoshli ayol o‘z tengdoshlarini sotib yubormoqchi bo‘ldi

 

Toshkent viloyatida IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qizlarni aldov yo‘li bilan Rossiyaga jo‘natayotgan 22 yoshli ayol Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi.

 

QAyd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi. Nazorat tadbiri davomida Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan, Bonu taxallusi bilan tanilgan ayol Toshkent va Xorazm viloyatida yashovchi ikki nafar tengdoshi (ayollar)ni mo‘may daromad topadigan ish topib berishni vaʼda qilib, fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida (Toshkent xalqaro aeroportidan Toshkent—Jukovskiy aviareysi orqali) Rossiyaga jo‘natayotgan vaqtida ushlandi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Maʼlumot berilishicha, 2023 yil davomida viloyat IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent viloyatida 15 nafar fuqaro odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi.

 

Aniqlangan holatlar yuzasidan 19 nafar ayol va 3 nafar erkak, jami 22 nafar shaxsga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.