Siyosat

Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi




O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.

 

Davlatimiz rahbari Bosh vazir Oljas Bektanovni yaqinda ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy qutladi va masʼuliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

 

O‘z navbatida, Qozog‘iston Hukumati rahbari O‘zbekiston Prezidentiga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, bo‘lajak oliy darajadagi qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik doirasida hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish jarayonida, shu jumladan vakolatli vazirlar boshchiligidagi ishchi guruh doirasida to‘siqlarni bartaraf etish va o‘zaro kelishilgan choralarni ko‘rish zarurligi qayd etildi.

 

Mamlakatlarimiz strategik sherikligida muhim yo‘nalishlar bo‘lgan sanoat, transport va logistikada kooperatsiyani kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Ustuvor tarmoqlardagi investitsiya dasturlarining yangi portfelini hamda transport va energetika sohasidagi mintaqaviy ahamiyatga ega infratuzilmaviy loyihalarni faol ilgari surish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.

 

O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni tubdan kengaytirish maqsadida hukumatlar darajasida yaqin va tizimli aloqalarni davom ettirish muhimligini qayd etdi.

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

custom img

“Shinhan Bank” O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev “Shinhan Financial Group” raisi Chjin Ok Don bilan uchrashdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Hyundai”, “Kia” va “Hyundai Rotem” rahbarlari bilan uchrashdi

“Kia” O‘zbekistonda yangi rusumdagi, elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Hyundai Rotem” O‘zbekistonga qo‘shimcha yuqori tezlikdagi poyezdlar yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

Tomonlar 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish, yuqori tezlikdagi poyezdlar, muhim minerallar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Lotte Group” raisi bilan uchrashdi

Tomonlar O‘zbekistonda developerlik, turizm, mehmonxona biznesi va mis folgasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"